Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi va birinchi oʻyin Oʻzbekiston davlat madhiyasi ostida milliy bayrogʻimizni koʻtarish bilan boshlandi.
Elchixonadan xabar qilishlaricha, musobaqadagi har bir oʻyin murosasiz kechdi. Turnir yakunida gʻolib jamoaga elchixona nomidan koʻchma kubok va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Turnir yakunidan soʻng, ishtirokchilar elchixonada mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiriga taklif etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri
Qayd etish kerakki, soʻnggi ikki oy mobaynida Saudiyadagi yurtdoshlarimiz oʻrtasida haftada ikki marta futbol oʻyinlari oʻtkazilib kelinadi. Ushbu sport tadbirlari vatandoshlarimiz oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qiladi.