Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd AQSH dollariga yoki 21,8 foizga oshgan.

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida hamon import ustun boʻlib turibdi:

  • Eksport — 30,9 mlrd (+26,2 foiz)
  • Import — 41,9 mlrd (+18,7 foiz) AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (16,2 foiz), Qozogʻiston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.