Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, shu yilning yanvar iyun oylarida Oʻzbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 31,8 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,5 %), Rossiya (18,1 %), Qozogʻiston (6 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,4 %) qayd etilgan.
Eksport – 13 mlrd (5,5 % ga oshgan)
Import – 18,8 mlrd (10,6 % ga oshgan)