O'zbekistonning turizm salohiyati ASEAN mamlakatlarida targ'ib etiladi

    Turizm 2 Avgust 2025 931

    Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi bosh direktori Benyamin Ismail bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Kuala-Lumpur va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovning ochilishi arafasida qoʻshma marketing kampaniyasini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi. Ilk parvoz 2025-yil 14-noyabrga rejalashtirilgan. Kampaniya doirasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib etish maqsadida ASEAN mamlakatlarining asosiy bozorlarida bir qator targʻibot tadbirlari oʻtkazish koʻzda tutilgan.

    Tomonlar “AirAsia X” bilan hamkorlik turizm sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi, mamlakatlar oʻrtasidagi sayyohlik almashinuvini kuchaytirishi va oʻzaro iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshishiga ishonch bildirdilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.