“17-may kuni Oʻzbekiston va Jahon banki «Oʻzbekistonda suv taʼminoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qoʻllab-quvvatlash” va “Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihalari boʻyicha kelishuvga erishdi. Hamkorlik bitimlari Moliya vazirligida, Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab birinchi ish safari doirasida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda imzolandi.
Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 239 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit, shuningdek, Shveysariya davlat kotibiyatining iqtisodiy masalalar boʻyicha 7,8 mln AQSH dollari miqdoridagi granti ajratiladi.
Loyiha doirasida Oʻzbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq axoli suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlaridan yana-da sifatli foydalana oladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida Nukus, Taxiatosh va Xoʻjayli shaharlarida kanalizatsiya-tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi».