Bunda:
- Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi yoki boshqa zarur hujjatlarni olib kelishlari kerak.
- Lvovga kelgan fuqarolar oʻzbek diasporasi vakili Sadiyev Maʼruf (+380 96 102 10 95) bilan bogʻlanib, roʻyxatga kiritish uchun oʻzi haqida maʼlumot berishlari lozim.
- chegarani kesib oʻtish faqat markazlashtirilgan tartibda avtobuslarda Oʻzbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Polshaga mustaqil borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarida chegarada muammolar paydo boʻlishi mumkin.
- evakuatsiya qilinadiganlar roʻyxatini shakllantirishda ayollar, bolalar, qariyalar va talabalarga ustuvorlik beriladi.
Shu bilan birga, Elchixona Oʻzbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirayotganini maʼlum qilamiz.