Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, “Whiteshield partners” – konsalting kompaniyasi global strategiya va davlat siyosatini ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.
Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reytinglarga taʼsiri va kelajakda koʻzda tutilayotgan rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekistonning xalqaro reytingini yaxshilash boʻyicha Milliy kun tartibini ishlab chiqish va uni amalga oshirish boʻyicha Whiteshield Partners tomonidan milliy kun tartibi guruhlarini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgani maʼlum qilindi.
Taʼkidlanganidek, hozirda ishlab chiqilayotgan Milliy reytinglar kun tartibi Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash uchun zarur boʻlgan qisqa muddatli chora-tadbirlar va uzoq muddatli tarkibiy islohotlar majmuasini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.