Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

Mamlakat zaxiralari hali ham zaif diversifikatsiyalangan — deyarli barchasi monetar oltin (20,7 milliard dollar) va xorijiy valyutada (13,6 milliard dollar) saqlanmoqda. Ushbu muammoni AQSH gʻaznachilik obligatsiyalarini sotib olish orqali hal qilish rejalashtirilgan.

Markaziy bank ushbu maʼlumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017-yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 34 milliard dollardan oshdi. Ular, asosan, oltin narxining oʻsishi hisobiga ortdi.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” ham hisoblanadi — ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bogʻliq.

Ayni vaqtdagi zaxira miqdori 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan koʻrsatkichdan koʻpdir.