F.Arziyev diplomatiya sohasida 2002-yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba toʻplagan.

2014-2017-yillarda. – Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi.

2017-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Dehli shahrida)

2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Rus, ingliz va nemis tillarini biladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.