“Dunyo“ AA xabar berishicha, rasmiy marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Janubiy Koreya Prezidenti Oʻzbekiston elchisiga oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston elchisi Alisher Abdusalomov 29-avgust kuni Koreya Respublikasi poytaxtiga tashrif buyurgan edi. U 1995-yildan 2024-yilgacha qisqa tanaffus bilan Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen oʻrniga tayinlangan.