Oʻzbekistonning yangi tayinlangan elchisi Portugaliya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    Xalqaro hamkorlik 28 May 2025 926

    Oʻzbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi Nodir Gʻaniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

    Qayd etilishicha, “Belem” saroyida boʻlib oʻtgan rasmiy marosimdan soʻng kechgan muloqot chogʻida Portugaliya Prezidenti ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi.

    Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Prezident Marselu Rebelu de Souza Nodir Gʻaniyevni ushbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.