Namoyishdan soʻng Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi Satыbaldы Darxan agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev hamda film postanovkachi rejissyori Hilol Nasimovlar bilan suhbatlashdi.

Mazkur suhbatda qozogʻistonlik vakillarga “Meros” filmi juda maʼqul boʻlganligi, qardosh xalqlarning urf-odatlari va udumlari oʻziga xos rakurslarda koʻrsatilganligi, frontdagi voqealarning taʼsirchanligi alohida taʼkidlandi.

Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov qozogʻistonlik elchilarni “Oʻzbekkino” MA bilan oʻzaro hamkorlikka chorladi. Birinchi oʻrinda, “Meros” badiiy filmini Oʻzbekistonda va Qozogʻistonda katta premyeralarini oʻtkazish taklifini berdi. Ikkinchi oʻrinda, oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash, uning doirasida sentyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish, oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish orqali kinobozorni takomillashtirish takliflarini kiritdi.

Qolaversa, agentlik tomonidan yosh kinoijodkorlarning qoʻllab-quvvatlanayotgani, kelgusida “Markaziy Osiyo yoshlar kinofestivali”ni tashkil etish va oʻtkazish, unda qozoq yoshlari ishtirokini ham taʼminlash kerakligi haqida fikr bildirildi.

Qozogʻiston elchisi barcha takliflarni maʼqullab, oʻzaro hamkorlik kinosanoatning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati