Joriy yilning 5-6-yanvar kunlari ”Oʻzbekkino” MA Jamoatchilik kengashi «Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda zamonaviy taʼlim tizimi va texnologiyalarini qoʻllash masalalari” Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasida ishtirok etishdi. Konferensiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boʻlib oʻtdi.
Unda ”Telestudiya tizimlari va ilovalari” hamda ”Energiya taʼminoti tizimlari” kafedrasi oʻqituvchi va talabalari oʻzlarining kino va televideniye muammolari oid qiziqarli va dolzarb maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyaga Jamoatchilik kengashi aʼzolari Botir Bozorboyev, Aliasqar Fatxullin, Marat Soliyev, Azamat Irgashevlar taklif etilib, muammolar va ularni hal etish yoʻllari muhokama qilindi.
Jumladan, malakali ovoz muhandislarining yetishmasligi, zamonaviy multimedia texnologiyalari bilan ishlaydigan malakali oʻqituvchilar tayyorlash, oʻzbek multfilmlarining xalqaro standartlarga mos kelmasligi va masofaviy taʼlimning dolzarb tizimi uchun videodarslar tayyorlash muammolari haqida gaplashildi. Soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar va ekspertlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish boʻyicha qator takliflar berildi.
Konferensiyaning ikkinchi qismida Jamoatchilik kengashi aʼzosi, faxriy rassom, rejissyor Aliasqar Fatxulinning ”Birinchi oʻzbek rassom ayoli” nomli hujjatli filmi namoyish etildi. Ushbu hujjatli film yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ilmiy anjumanlarning oʻtkazilishi mavjud muammolarga mutaxassislar bilan birgalikda yechim topishga yordam beradi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati