Dastlabki saboq Agentlik qoshidagi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi”da taniqli kinorejissyor Ali Hamroyev tomonidan olib borildi.

Shuningdek, yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Mening bobom 90 yoshda” qisqa metrajli hujjatli filmi namoyish etildi. Namoyishdan soʻng kinorejissyor Ali Hamroyev film boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Mahoratli kinorejissyor Ali Hamroyev bilan oʻtgan uchrashuv hamda qisqa metrajli film namoyishi talaba-yoshlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Eslatib oʻtamiz, Agentlik yosh kinoijodkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va mahoratini oshirish maqsadida bu kabi ijodiy uchrashuvlarni tez-tez amalga oshirmoqda.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati