“Oʻzbekkosmos” 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi

    Joriy yilning bugungi kuniga qadar respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekani aniqlandi.

    Ulardan 123 tasi, yaʼni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.

    Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar), Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar), Buxoro viloyatida 92 ta (91b7 gektar), Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar), Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar), Qashqadaryo viloyati 81 ta (79,3 gektar), Andijon viloyati 180 ta (42 gektar), Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar), Fargʻona viloyatida 164 ta (51 gektar), Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar), Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar) va Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).

    Qayd yetish lozim, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy taʼsir oʻtkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi bilan xavflidir. Qolaversa, zararli hasharotlar koʻpayishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda oʻpka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.