Poytaxtimizda “O'zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida ochilgan O'zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev J. P. Morgan`ning O'zbekiston va Qozog'iston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Timur Kunanbaev bilan uchrashdi.

eslatib o'tamiz, J. P. Morgan − 2,5 trillion dollarlik aktivlarga ega bo'lgan, uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan ishonchli bank bo'lib, uning asosiy faoliyat yo'nalishlari xususiy mijozlar va kompaniyalarga xizmat ko'rsatish, investitsiya faoliyati, tijorat xizmatlari, aktivlarni boshqarish, chakana savdo va boshqalardan iboratdir.

Muzokaralar davomida tomonlar mamlakatning neft` va gaz sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, transformatsiyalar, ma'muriy va tarkibiy o'zgarishlar, shuningdek, davom etayotgan ishlarning investitsiya jozibadorligiga ta'sirini muhokama qilishdi.

Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikka va qo'shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirganini qayd etdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar keng ko'lamli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma ishlarning yangi yo'nalishlarini qidirish bo'yicha muntazam monitoring o'tkazishga qaror qilishdi.

 

“O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati