Internet foydalanuvchilarini aldash yoʻli orqali, 10,00 AQSH dollar mablagʻga ega reklama kuponi taqdim etilishi hisobiga ushbu postni targʻib qilish va koʻproq odamlarga yetkazish soʻraladi.

10,00 dollarlik mablagʻning taqdim qilish haqidagi bu yolgʻon chaqiriq orqali firibgarlar oʻz guruh yoki kanallarida sunʼiy ravishda foydalanuvchilarni koʻpaytirishga yoki telefon nomer va plastik karta maʼlumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinishlari mumkin.

Hurmatli internet foydalanuvchilari “Oʻzbekneftgaz” AJ nomidan foydalanib, daromad ilinjida yurganlarning aldovlariga uchmang. Bunday aksiyaga “Oʻzbekneftgaz” AJning mutloqo aloqasi yoʻq va bu yolgʻondir.

"OʻzbekneftgazAJ Matbuot xizmati