“VEB.RF” kuzatuv kengashi rahbari oʻrinbosari D.V. Algulyan va “Oʻzbekneftgaz” AJ Mehriddin Abdullayev ushbu bitimni imzoladilar.

“VEB.RF” davlat taraqqiyot korporatsiyasi mamlakatimizda neft-gaz sohasidagi loyihalarni va chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” jamiyatining ishonchli moliyaviy sheriklaridan biridir.

Jalb qilinadigan mablagʻlar asosan “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, quduqlarni burgʻilash va uglevodorodlarni qazib chiqarish uchun zarur boʻlgan texnologik uskuna va moddiy-texnik resurslarni Rossiya davlatidagi ishlab chiqaruvlardan sotib olish boʻyicha shartnomalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Aytish joizki, 2020-yilda ham “VEB.RF” korporatsiyasi tomonidan jamiyatga 40 million yevrolik bitim imzolanib, uning doirasida zarur mahsulot va xizmatlar xarid qilingan.

Mazkur mablagʻlarining jalb qilinishi jamiyat oldida turgan asosiy ustuvor vazifa, yaʼni uglevodorodlar zaxirasini oshirish va ularni qazib chiqarish hajmlarini oshirishga, iqtisodiy tarmoqlar va aholiga uzluksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi iqtisodiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiruvchi davlat investitsiya banki boʻlib, uning asosiy vazifasi infratuzilma, sanoat, ijtimoiy soha, texnologik salohiyatni mustahkamlash va aholi turmush tarzini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda hissa qoʻshishdan iborat.

Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.