Ushbu tadbir davomida zavod va boshqarmalar hamda tizimdagi neft va gaz obyektlari masʼullarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shayligi tekshiriladi. Xodimlar qutqaruv xizmatlari va tuzilmalar tarkibida harakat qilishga hamda muhofazalanish usullariga oʻrgatiladi.
Shuningdek favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida xabar berish tizimini doimo tayyor holatda saqlab turish hamda ularni FVVning yagona tizimiga integratsiya qilish hamda moddiy va moliyaviy resurslar zahiralarining yaratilganligi nazoratdan oʻtkaziladi.
Ushbu davrda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, qutqaruv va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar tashkil etiladi va moliyalashtiriladi.
Oʻta muhim va toifalangan obyektlar va ularning xodimlari uchun favqulodda vaziyatlar sharoitida evakuatsiya qilish boʻyicha oʻquv tadbirlari tashkil etiladi.
Ayni paytda Hukumat komissiyasining topshirigʻi bilan Navoiy viloyatida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi Navoiy shahri va Karmana tumani boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkazilmoqda.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad neft va gaz obyektlaridagi maxsus tarkibning kuch va vositalarni boshqarish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarida ularni samarali qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalarini oshirishdan iborat.
Bunday mashgʻulotlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirish boʻyicha koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati