Click orqali toʻlov hozircha faqat jismoniy shaxslarga moʻljallangan. Buning uchun birinchi navbatda smartfon telefonlari orqali “UNG Petro” yoki “Click evolution” ilovasini yuklab olish talab etiladi. Shundan soʻng ilovaga bank karta raqamlari kiritilib avtorizatsiya qilinadi.

AYOQSHga kirganda haydovchi oʻz avtoulovidan tushmagan holda kolonka oldida “QR kod rasmi”ga smartfonini yaqinlashtirsa, kerakli miqdordagi pul mablagʻlari yechilib, neft mahsuloti quyib beriladi.

Xaridor ilova orqali pul toʻlovi amalga oshirayotgan vaqtda hech qanday komissiyasiz amalga oshiriladi. Yaʼni yaratilgan qulay xizmat uchun xaridordan hech qanday pul mablagʻi yechilmaydi. Vaholanki boshqa ilovalarda har bir oʻtkazilgan summadan 1 foiz pul mablagʻi yechilishi nazarda tutilgan.

“UNG Petro”da esa aksincha, Click ilovasi orqali toʻlov qilgan mijoz hamyoniga har bir toʻlovdan 2 foizgacha pul qaytimi tushirib beriladi. Qaytimlardan yigʻilgan pulga Click ilovadagi mavjud xizmatlar (kommunal, mobil aloqa va h.k) uchun toʻlovlarni amalga oshirish mumkin boʻladi, deb xabar beradi «Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.