Gʻoliblarga mukofot va sovrinlardan tashqari, zavodning moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda ilmiy faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.
Tanlov shartlariga muvofiq, gʻolib oʻqituvchilar “Uzbekistan GTL” MCHJ xodimlari va saralangan istiqbolli talabalar, shuningdek OTM talabalari oʻrtasi soʻrovnoma oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Eng koʻp eʼtirof etilgan ustozlar tanlov gʻolibiga aylanadilar.
Maʼlumot uchun, “Uzbekistan GTL” MCHJ oliy taʼlim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash sohasida muntazam hamkorlik qilib kelmoqda. Joriy 2022-yilning oʻzida 70 nafar professor-oʻqituvchi tanishuv va malaka oshirish maqsadida zavodga tashrif buyurdilar.
Aminmizki, koʻplab ustozlar oʻz kasbiga vijdonan, halol yondoshgan holda yosh avlodga taʼlim berib kelmoqdalar. Ularning mehnatini qadrlash, jamiyatda oʻqituvchi kasbini nufuzini yanada yuksaltirish “GTL” zavodining oʻz oldiga qoʻygan galdagi vazifalardan sanaladi.