Dunyodagi eng yirik banklardan biri hisoblangan “Citi” bank hozirda koʻpgina yirik moliyaviy xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu xalqaro bank dunyoning 160 ta mamlakatida moliyaviy harakatlarni amalga oshirish barobarida 200 millionga yaqin mijozlarga xizmat koʻrsatadi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ oʻz moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida ushbu bank bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Jumladan, forum davomida Oʻzbekistondagi neft va gaz sohasi haqida maʼlumotlar berildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan samarali ishlar, natijadorlik va investitsion loyihalarning bajaralishi borasida suhbatlashildi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va loyihalarning amalga oshirish borasida fikr almashishdi.
Oʻzaro uchrashuv yakuniga koʻra, “Citi”ning loyihalarda ishtirok etishi va Jamiyatning rivojlanishi yoʻlida koʻmakdosh boʻlishi taklifi maʼqullandi.
Shuningdek, yoʻnalishlarni chuqurroq oʻrganish va yangi loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.