Ushbu yig'ilishdagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ayni kunlarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboyev rahbarligidagi delegatsiya Latviya Respublikasining Riga shahrida bo'lib turibdi.

Jismoniy tarbiya va sport ta'limini rivojlantirish, xalqaro OTMlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov ishtirokida Riga shahrida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama sport ta'limini rivojlantirish, sport mutaxassislarini tayyorlash, bu borada Boltiqbo'yi davlatlari bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokalar olib borildi.

Universitet delegatsiyasining Boltiqbo'yi davlatlariga (Latviya, Litva) rasmiy tashrifi 24-iyungacha davom etadi.