Bu haqda Inspeksiya axborot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur tizim inspektorlarning isteʼmolchilar bilan muloqoti, joylarda oʻtkazgan oʻrganish ishlari ushbu kameralar orqali yozib olinadi. Ularni inspektor oʻchirib qoʻyishi yoki quvvati tugadi, degan bahona bilan foydalanmasligi mumkin emas.

Har bir kuzatuv kamera markaziy apparatga ulangan va qayerda turgani, qancha quvvati borligigacha maʼlumotlar mavjud boʻladi.

Mazkur tizim 2 oy oldin tajriba sifatida Sirdaryo viloyatida yoʻlga qoʻyilgan edi. Endilikda, ish samaradorligining oshishiga katta hissa qoʻshganligi oʻz isbotini topdi.

Shu bois, ushbu tizim Oʻznergoinspeksiyaning barcha hududlarida yoʻlga qoʻyilib, barcha inspektorlar shunday kuzatuv kameralari bilan taʼminlandi.