Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 16-oktyabrdagi 647-son qarori bilan Oʻzenergoinspeksiya xodimlari uchun yangi idoraviy formali kiyim-bosh va farqlash belgilari (logotip, shevron, kokarda, nashivkalar) namuna va tavsiflarini tasdiqladi.

Formalar mavsumiy boʻlib (yozgi, kuz-bahorgi, qishki), har ikkala jins uchun alohida tikiladi.

Logotip va shevronlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi, inspeksiya nomi va ramzlari aks etgan.

2025-yil yakuniga qadar barcha xodimlar yangi formalarga toʻliq oʻtadi.