O'tgan haftada yulduzlararo “kometa-kema” Yergacha bo'lgan 300 million kilometr chegarani kesib o'tdi va oraliq masofani bir sutkada taxminan ikki million kilometrga qisqartirmoqda, deyiladi xabarda. Bir oylardan so'ng kometa va sayyoramiz oralig'idagi masofa 269 million kilometrni tashkil etadi va shundan so'ng 31/Atlas asta-sekin bizning quyosh sistemasini tark eta boshlaydi.

Dastlab mazkur obyektni joriy yilning 1-iyunida qayd etishgan edi. Keyinchalik olimlar bu kometa boshqa yulduz tizimiga tegishli ekanligini aniqlashdi. Uning yadrosi atrofidagi gaz va chang bulutlari diametri taxminan 24 kilometr kelishini ta'kidlab o'tishgandi. Kompyuter modeli uning taxminiy yoshini etti yarim milliard yildan ortiq (Quyoshdan uch milliard yil ko'p) deb ko'rsatdi. ehtimol bu avval kuzatilgan eng qadimgi kometa bo'lishi mumkin.

Sentabr oyida Garvard universiteti olimi Avi Lebning qayd etishiga ko'ra, Quyosh sistemasi orqali uchib o'tgan mazkur yulduzlararo 31/Atlas obyekti o'z rangini o'zgartira boshlab “anomal evolyutsiya”ga uchradi.

Noyabr oyi boshlaridagi NASA reaktiv harakat laboratoriyasi ma'lumotlariga ko'ra, koinot obyekti Quyoshga yaqinlashish davomida kutilmagan manevr orqali nogravitatsion tezlashishning ilk isbotini tasdiqladi. O'shanda olim A. Leb 31/Atlas Quyoshga yaqinlashishida tegishli traektoriyani o'zgartirishiga qandaydir noma'lum kuch ta'sir etgan, deya taxmin qilgandi.  

O'tgan haftada NASA maxsus matbuot anjumanida 31/Atlasning yangi suratlarini e'lon qildi va yulduzlararo ushbu obyekt o'zga yulduz tizmidan kelgan kometa ekanligini tasdiqladi. Shu bilan birga uning Quyosh tizimiga kirib kelish davri davomida harakatlanishini kuzatishganini ham aytib o'tishdi, deb xabar berdi ria.ru.