Oʻzgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan “soxta operator” qoʻlga olindi

    Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida yashovchi 38 yoshli (ayol) H.G. IIOga murojaat qilib, uning nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra onlayn kredit rasmiylashtirilganini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Marhamat tumanida yashovchi 25 yoshli O.X. sodir etganligi aniqlandi.

    Unga koʻra, O.X., jabrlanuvchi (ayol) H.Gga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini “Bank operatori” sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, uning nomidan mobil ilova orqali roʻyxatdan oʻtib, onlayn tarzda 40 mln soʻm onlayn kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida mazkur pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, O.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.