Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi 26 yoshli J.N. sodir etganligi aniqlangan.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.N. “Telegram” messenjeridagi “Bank xabarlari” nomli guruhda internet foydalanuvchilariga o‘zini onlayn kredit olishga yordam berishini aytib, ularning ruxsatisiz (bexabarligidan foydalangan holda) pasport ma’lumotlari orqali tegishli bank mobil ilovalaridan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn kredit rasmiylashtirib, egallangan pullarni o‘zlashtirib kelganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.N.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.