Oʻzganing fotosuratlari ustiga haqoratli soʻzlar yozib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ayol qoʻlga olindi

    “Telegram” messenjerida “Man baxtlimaaannn” nomli profil egasi R.D.ning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan Internet ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirgan.

    Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli (ayol) Р.Д. ariza bilan murojaat qilib, «Telegram» messenjerida «Man baxtlimaaannn» nomli profil egasi, Р.Д.нинг fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan Internet ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Sirgʻali tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) Х.Ф. sodir etganligi aniqlangan.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan (ayol) Х.Ф., jabrlanuvchi (ayol) Р.Д.нинг fotosuratlarini «Telegram» messenjeridagi «Man baxtlimaaannn» nomli profilda, shuningdek, «Instagram» ijtimoiy tarmogʻidagi «allohim_0101» akkaunti orqali (ayol) Р.Д.ни turli soʻzlar bilan haqoratlab, kamsitgan va ushbu akkauntda uning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan joylashtirganligi aniqlangan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, (ayol) Х.Ф.нинг sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.