Qayd etish joizki, yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor. Binobarin, yangi O'zbekistonni barpo etishda ularning fidoyi mehnati, innovatsion fikr va yondashuvlari, tashabbuslari har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish tizimli ko'rinish olgan. Tadbirkorlar oldidagi muammo yoki kamchiliklar mamlakat taraqqiyotiga to'siq sifatida baholanadi. Har yili tashkil etiladigan Prezidentimizning soha vakillari bilan ochiq muloqoti va unda bildiriladigan fikr-mulohazalar bunga yaqqol bir misol bo'la oladi. SHu jihatdan olganda, ochiq, samimiy va amaliy natijasi bilan alohida ajralib turuvchi muloqot tadbirkorlar intiq kutadigan an'anaviy yirik tadbirga aylangan.

2021 yildan buyon yurtimizda 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur sana munosabati bilan joriy yilda ham davlatimiz rahbarining O'zbekiston ishbilarmonlari bilan navbatdagi ochiq muloqoti o'tkazilishi kutilmoqda. 

Do'stona va ishonch ruhini beruvchi ochiq muloqotdan katta natijalar kutilmoqda. U orqali tadbirkorlarni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal qilish yo'llarini topish va har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga erishish ko'zlanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan ikki yilda tadbirlarga tayyorgarlik doirasida tadbirkorlardan ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo'yicha 27 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan hamda ular yangi islohotlar dasturini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatida engilliklar yaratish imkonini berdi.

Tadbirkorlik ruhi — kambag'allikni qisqartirish yo'li

Tadbirkorlik yangi ko'nikma va o'zgargan tafakkur, o'z qo'li bilan muvaffaqiyat eshigini ochish demakdir. SHu ma'noda, uni kambag'allikning oldini oluvchi muhim vosita, desak bo'ladi. Zotan, kambag'allik va uning oqibatlaridan aziyat chekadigan odamlar turmush darajasini oshirish bugun dunyo hamjamiyati diqqat markazidagi dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. SHu bois, 2015 yilda BMT Bosh Assambleyasida “Barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsadlar” qabul qilinib, yangi ming yillik ostonasida turgan dunyoda tinchlik, farovon hayot va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlash maqsadlari ilgari surildi. Unda eng asosiy vazifa sifatida esa 2030 yilgacha qashshoqlikning barcha ko'rinishlarini sekin-asta bartaraf qilib borish nazarda tutilgan.

Mutaxassislar mamlakatlar tajribasida kambag'allikni qisqartirishda aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rni nihoyatda katta bo'layotganini ta'kidlashadi. CHunki aynan shu yo'l yangi ish o'rinlari tashkil etishga zamin yaratadi. Ish o'rni esa muqim va mo'may daromad manbai, munosib hayot tarzi, degani. Boshqacha aytganda, kichik biznes iqtisodiy o'sish sur'atlarini belgilaydi, moddiy, moliyaviy va kadrlar samarali taqsimlanishiga yordam beradi. YAngi ish joylari tashkil etilishida yirik korxonalarga qaraganda ancha kam xarajat talab qiladi.

Tadqiqotlarga ko'ra, O'zbekistonda kambag'allik darajasida bo'lganlar mamlakatimiz jami aholisining taxminan 12–15 foizini tashkil etmoqda. Bu 4–5 million kishining bir kunlik daromadi 10–13 ming so'mdan oshmaydi, degani. Bunday muammolarni hal etish uchun, umuman, iqtisodiy taraqqiyotga erishish bo'yicha munosabatlarni tartibga soluvchi tizimni yo'lga qo'yish maqsadida kambag'allikni qisqartirishga mas'ul vazirlik tashkil etildi. Natijada aynan ushbu masalada chuqur shug'ullanuvchi tizim yaratildi. Aholi bilan muloqot mahallalarga, xonadonlarga ko'chdi. Kambag'allik ildizlari tahlil qilinib, uni kamaytirish choralari kuchaytirildi. Odamlarga ishbilarmonlik kayfiyatini berish choralari amaliy harakatga ko'chdi. eng asosiysi, bu kabi ishlar muntazamlik kasb etdi va shaxsan davlatimiz rahbari nazoratiga o'tdi. Yirik yig'ilishlar mavzusi aynan kambag'allikka bag'ishlandi.

Jumladan, joriy yil 15 may kuni davlatimiz rahbari raisligida kambag'allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Unda mamlakatimizda inson manfaatlarini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilishi barobarida, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha alohida tizim joriy qilingani qayd etildi. Xususan, barcha tumanlar sharoitiga ko'ra 5 toifaga ajratilib, tabaqalashgan engilliklar berildi. Natijada o'tgan yili 1 million nafar, bu yil birinchi chorakda 210 ming aholi kambag'allikdan chiqarildi.

Har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so'm kredit va 1 trillion 500 milliard so'm subsidiya ajratilyapti. “Ijtimoiy himoya reestri” orqali 2 million 300 ming muhtoj oila, xotin-qizlar, yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan yurtdoshlarimiz moddiy yordam bilan qamrab olindi.

Yig'ilishda natijalar hali etarli emasligi, kambag'allikni kamaytirish, bu — aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, kasbga tayyorlash va ish o'rinlarini ko'paytirishga qaratilgan kompleks vazifa ekani alohida qayd etildi.

Oxirgi besh yilda yurtimizda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko'paygan. Bu — bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi, degani. Agar, davlat bu tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilib, ularni qo'llab-quvvatlasa, joylarda bandlikni hal qilish imkoniyati ortadi.

SHu maqsadda iyun` oyidan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kirishildi. Unda ishtirok etish ixtiyoriy.  Dasturga 2023–2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag' hisobidan tadbirkorga kambag'al oilalar a'zosini kasbga o'qitib, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. Tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o'qitish xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

SHuningdek, dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, kamida 20 foiz kambag'al oila a'zosini bir yil davomida ish bilan ta'minlasa, mol-mulk va er solig'idan ozod qilinadi. 5 million so'mgacha ish haqi to'layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Kambag'al oila a'zosi ham daromad solig'idan ozod qilinadi.

Umuman, ushbu tizim orqali shu yilning o'zida 550 ming kishi kambag'allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan. 

erkin bozorning imkoniyati ko'p

YAqinda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mamlakatimizning joriy yil olti oydagi iqtisodiy rivojlanishiga oid tahlili e'lon qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda yuqori o'sish dinamikasini va beqaror tashqi muhit o'zgarishlariga chidamliligini saqlab qolgan.

Investitsiyalar tarkibida markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi 2022 yilning yanvar`-iyun` oylarida 13 dan 12,3 foizga kamaygan, o'z navbatida, markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushi mos ravishda 87 dan 87,7 foizga oshgan.

Bu yurtimizdagi investitsiyaviy jarayonlarda xususiy sektor va xorijiy investorlarning o'rni, eng muhimi, ularning tadbirkorlik ishtiyoqi oshayotganidan dalolatdir.

Iqtisodiy o'sishning asosiy omillari tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarning o'z vaqtida qabul qilinishi bilan bog'liq.   

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida samarali natijalarga erishilayotgani bor gap. Buni mahalliy va xorijiy tadbirkorlar bot-bot takrorlashadi.

Misol uchun, dunyoning 30 ta davlatida faoliyat yurituvchi “Indorama Industries” kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi “Indorama Agro” O'zbekistonda qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtiruvchi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. 2018 yilda tashkil etilgan kompaniya yirik ishlab chiqaruvchi bo'lib, 50 ming gektardan ortiq maydonda paxta, g'alla va boshqa ekinlar etishtiradi. Korxonaga tegishli yana 25 ming gektar er mustaqil ishlab chiqaruvchilarga ijaraga berilgan. Korxonada 3000 dan ortiq kishi ishlaydi. Kompaniya O'zbekistonda qishloq xo'jaligining yangi amaliyotlarini joriy qilmoqda.

Korxona tashkil etilgan dastlabki kunlardanoq klaster tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi sohasiga ilg'or kompaniya tajribasini joriy etish bo'yicha faol ish olib bormoqda. Sirdaryo viloyatida “Indorama agro” 27 ming gektar erda dehqonchilik qiladi. Logistika markazi, paxta tozalash zavodi, mashina-traktor parki, biologik laboratoriya tashkil etilgan. Bundan tashqari, kompaniyaning Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlarida ham qator loyihalari mavjud.

— Mamlakatingizda tadbirkorlikni rivojlantirish, soha vakillari faoliyatining huquqiy kafolati, chet el investorlarining erkin faoliyat yuritishini ta'minlashga qaratilgan zarur choralar ko'rilayotgani bizga katta imkoniyat bermoqda, — deydi “Indorama agro” kompaniyasi vakili Indranil Mujambar. — O'zaro ishonch va qulaylik bo'lsa, hamkorlik aloqalari kengayib boraveradi.

Darhaqiqat, sarmoyadorlar, ishbilarmonlar imkoniyatini kengaytiruvchi va imtiyozlarni nazarda tutuvchi, ularni iqtisodiy, huquqiy jihatdan himoyalab, qo'llab-quvvatlovchi qonunchilik mexanizmlari shakllantirilgani bugun ularning, tom ma'noda, iqtisodiyotning tayanch ustuniga aylanishida muhim asos bo'lmoqda. Yildan-yilga tadbirkorlik sub'ektlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun soliq, bojxona va boshqa sohalarda bir qator qulaylik va afzalliklar berilayotgani mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o'rnida ham o'z aksini topmoqda. Jumladan, O'zbekiston 2023 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksidagi o'rnini 8 pog'onaga yaxshilab, 184 davlat orasida 109-o'rinni egalladi. Mamlakatimiz 2022 yilda 117-o'rinda edi.

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, indeks 1995 yildan beri “Heritage Foundation” xalqaro tadqiqot markazi tomonidan “The Wall Street Journal” bilan hamkorlikda tuziladi.

O'tgan yilga nisbatan O'zbekistonda iqtisodiy erkinlik darajasi 0,8 punktga oshdi va 56,5 ko'rsatkichga etdi (maksimal sifatida 100 ball qabul qilingan — bu biznes uchun ideal sharoitlarni bildiradi). Indeksni tuzishdagi 12 omildan biri mamlakatdagi tadbirkorlik erkini ekanligini inobatga olsak, yuqorida qayd etib o'tganimizdek, yurtimizda ishbilarmonlik muhiti yil sayin yaxshilanib borayotgani anglashiladi.

Tashabbuslar amaliy harakatga aylanadi

YAna Prezidentimizning tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”iga qaytamiz. Nafaqat tadbirkorlarimiz, balki oddiy odamlar hayotiga, iqtisodiyotimiz ravnaqiga hissa qo'shuvchi mazkur tadbirning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Unda bildirilgan fikrlar amaliy harakatga aylanib, yangi-yangi tashabbus va g'oyalarni yuzaga chiqarishga sharoit yaratmoqda. Buning uchun alohida huquqiy asos yaratilmoqda.

Jumladan, o'tgan yilgi “ochiq muloqot”dan so'ng davlatimiz rahbarining alohida qarori qabul qilindi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti” doirasida tadbirkorlardan kelib tushgan 12 mingdan ortiq murojaatda ko'tarilgan tizimli muammolar echimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda ushbu tadbirda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilab olindi.

Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, ishbilarmonlarga qulay biznes sharoiti yaratib berish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy va ustuvor yo'nalishi bo'lib qolaveradi. Bunda bugungi va yaqin kelajakka doir ishlab chiqilgan dasturlardagi maqsadlar ijrosi asos bo'ladi. Jumladan, YAngi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoit yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga etkazish belgilangan.

SHu vaqt mobaynida hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalari tashkil etilib, biznes-inkubatorlar tizimi rivojlantiriladi. SHaroiti og'ir tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

2026 yilga borib tadbirkorlik sub'ektlariga soliq yuklamasi yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytiriladi. Hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar faoliyati takomillashtiriladi.

Tadbirkorlik sub'ektlari o'z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma'lumotlardan erkin foydalanadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish ishlari izchil olib borilib, xususiy sektorga keng yo'l ochiladi. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillari yanada keng joriy etiladi.

YAna bir jihat — taraqqiyot strategiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”ni har yili o'tkazish belgilangan. Demak, tadbirkorlik borasidagi tashabbus va g'oyalar amaliy harakatga aylanishda davom etaveradi.

Dilshod ULUG'MURODOV,

“YAngi O'zbekiston” muxbiri