O'zgidromet 27 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi

    Unga ko'ra, ertaga ham ayrim hududlarda yomg'ir yog'ishi kutilmoqda.

    Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg'ir yog'adi. Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo'ladi.

    Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo'ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

    Toshkent viloyatida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

    Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo'ladi.

    Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo'ladi.

    Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, ba'zi joylarda kuchli bo'ladi; baland tog'larda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja bo'ladi.