“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlarida va Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraladi.