Maʼlum qilinishicha, 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilinadi.
Shu jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi togʻlari);
- Namangan viloyatining Pop tumanida.
“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.