Kunduz kunlari havo 35-40 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 42 darajagacha isiydi.
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻli hududlarida 1-avgust kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
31-iyul va 1-avgustda shimolda va choʻl hududlarda, 3-4-avgustda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat 33-38 daraja atrofida boʻladi.
Poytaxtimizda: havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 8-10 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31-iyul-4-avgustda 38-40o atrofida boʻladi.