Oʻzgidromet qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi

    Shu yilning 18-22-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.

    Bu haqda Oʻzgidromet oʻz saytida xabar berdi.

    Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron vaParkent tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari)da, shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumanida qor koʻchish xavfi vujudga keladi.