Oʻzgidromet sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi

    Mamlakatimizda 4 Oktabr 2023 1756

    Shu yilning 6-7-oktyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli Oʻzbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

    Bu haqda Oʻzgidromet xizmati agentligi rahbari Sherzod Xabibullayev oʻzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:

    • Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
    • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
    • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
    • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
    • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
    • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
    • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
    • Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
    • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.