2025-yil 11-noyabr kuni soat 09:00 holatiga koʻra, “Oʻzgidromet”ning avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlariga binoan, Toshkent shahri atmosfera havosidagi:

  • PM10 — mayda dispersli zarrachalar miqdori 189 mkg/m³ ni tashkil etdi (meʼyor — 300 mkg/m³),
  • PM2,5 — mayda zarrachalar miqdori 143 mkg/m³ boʻlib, bu roʻxsat etilgan meʼyordan 2,4-marta yuqori ekani aniqlandi.

Shu sababli poytaxt aholisi va mehmonlariga ochiq havoda faoliyatni cheklash hamda tashqariga chiqqanda niqob taqish tavsiya etildi.

Andijondagi avtomatik stansiya maʼlumotlariga koʻra, soat 10:00 da havo ifloslanishi darajasi yanada yuqori boʻlgan:

  • PM10502 mkg/m³, yaʼni soatlik meʼyordan 1 barobar yuqori;
  • PM2,5314 mkg/m³, yaʼni meʼyordan 8,9-marta yuqori.

“Oʻzgidromet” Andijon shahri aholisi va mehmonlariga ham ochiq havoda boʻlishni qisqartirish hamda himoya niqoblaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.