Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ziyoratchilarning xavfsiz va munosib sharoitlarda ibodat qilishlari uchun barcha tashkiliy ishlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan.
Yurtdoshlarimiz muqaddas safarga yuzida quvonch, tilida shukrona bilan otlanmoqda. Ularning ko‘zlaridagi quvonch yoshlari va orzusi ushalgan qalblarning talpinishi har qanday insonni to‘lqinlantirmay qo‘ymaydi.
Bu hayajonli lahzalarda Allohning bayti — Ka'ba sari yo‘l olgan ziyoratchilar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, eson-omon qaytishni so‘rab duolar qilmoqda. Ularni kuzatayotgan yaqinlarining nigohida esa havas va sog‘inch uyg‘un: ular ham bunday saodatli kunlar o‘zlariga nasib etishini chin dildan niyat qilmoqda.