28-30-sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida oʻtkazilishi moʻljallangan “Amir Temur jahon olimlar va adiblari nigohida” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yigirmadan ortiq mamlakatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Urashuvlarda Sohibqiron va Temuriylar davrini oʻrgangan olimlar, yozuvchi va shoirlar mavzu yuzasidan muloqotlar olib boradilar.
Konferensiyada yurtimiz olimlari, shoir-yozuvchilari vakillari, jamoatchilik namoyondalari, yoshlar qatnashishi koʻzda tutilgan.
***
Sharq mamlakatlari... Sharq falsafasi... Sharq moʻjizasi... Jahon tamaddunining bugungi taraqqiyotiga tamal toshini qoʻygan buyuk Sharq yuzlab, minglab daholarni yetishtirgani hech kimga sir emas.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatmiz tarixini oʻrganishga katta imkoniyatlar, osori-atiqa yodgorliklarimizni asrash, milliy kadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni oʻrganishga, hur fikrlilikka sharoit yaratdi.
Markazpy Osiyo halqlari uzok tarixga ega. Azal-azaldan oʻz yurtini yovdan asrash yoʻlida mardlik koʻrsatgan Toʻmaris, Zarina, Shiroq, Muqanna, Maxmud Torobiy, Jaloliddin Manguberdi xaqidagi maʼlumot va afsonalar maʼlum. Qadimgi davr madaniyati, maʼnaviyati, jumladan, axloq, maʼrifat, taʼlim-tarbiya xaqidagi fikrlar xalk ogʻzaki adabiyotida, folklorda, turli xalq anʼanalarida xam oʻz aksini topib kelgan. Goʻroʻgʻli, Alpomish, Rustam xaqidagi dostonlarda xalqimgʻzning qadimgi urf-odatlari, ruxiyati, xulq- odoblarining ifodasini uchratishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo qadimgi Sugʻd, Xorazm, Fargʻona, Usrushana, Chagʻoniyon kabi oʻlkalardan iborat boʻlib, Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini bogʻlovchi “Ipak yoʻli” markazida joylashgan va madaniy jixatdan ancha rivojlangan mintaqani tashkil etar edi.
VIII asr oxiri IX asr boshida Bagʻdodda ilm-fan rivojlandi, u yerda ilmiy Markaz “Bayt-ul hikma – Donishmandlar uyi” tashkpl etilib, unga barcha musulmon oʻlkalari, jumladan, Movarounnaxrdan xam olimu fozillar toʻplana boshladi. Bu olim-fozillar orasida Muso al-Xorazmiy, Axmad al-Fargʻoniy, Abu Mansur, Marvaziy, Javxariy, Sagʻoniy, Marvarudiylar boʻlgan.
IX asrning oxiriga kelib Markazny Osiyo mustakillikka erishdi, Xorazmshohlar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar davlati faollik koʻrsatdi. Buxoro, Samarqand, Marv, Qoʻhna Urganch, Xiva kabi shaxarlar oʻz davrining madaniyat markazlari sifatida maʼlum boʻldi.
Bu davrda Markazin Osiyodan Ismoil Buxoriy va Termiziy, Abu Nasr Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ismoil Jurjonny, Margʻinoniy, Zamahsharpy, Maxmud Koshgʻariy kabi ulkan olnmlar yetishnb chiqdi va ular oʻz asarlari, njodlari bilan oʻz xalqlarini dunyoga mashhur qildilar.
Maʼlumki, Gʻarb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olpb kelgan XV-XVII asrlarni Renessans - Uygʻonish davrn deb ataydilar. Holbuki, IX-XII asrlardayok Markaziy Osiyoda Yevropadan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish yuz berganligini hech kim inkor eta olmaydp, aynan shu madaniy yuksalish Yevropa Renessansining vujudga kelishiga katta taʼsir koʻrsatdi.
IX-XII asrlardagi Markazny Osiyo madaniy yuksalishini Uygonish davri, anikrogʻi, ilk Uygʻonish davri deb ataladi, lekin bu Uygonish davri keskin roʻy bergan tarixiy voqealar tufayli birdan uzilib koldi.
XIII asrning boshida Xorazmshohlar davlati Chingnzxon koʻshinlarining daxshatln va ayovsiz xujumiga uchradi. Juda koʻp madaniy boyliklar, ilm maskanlari, madrasa va kutubxonalar yoʻk kilindi, sanʼat va ilm-fan vakillari: olimlar, shoir va yozuvchilar, munajjimlar, meʼmor va musavvirlar oʻldirildi.
Xalq ommasi moʻgʻullar va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmpga karshi kurashga otlandi. Bu halk qoʻzgolonlarining eng yirigi kariyb 45 yil davom etgan sarbadorlar chiqishidir.
Shunday sharoitda Amir Temur maydonga chiqdi, tarqoq va uzok urushlardan xonavayron boʻlgan Movarounnaxr va Xuroson yerlarini moʻgʻullar mustamlakasidan ozod etnb, yagona, mustaqil va mustahkam davlatga birlashtirdi. Uning markazi etib Samarkand shahri tanlandi.
Amir Temur davlati oʻz davrida Yevropa va Osiyodagi eng yirnk, mustaxkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. Temur vafotidan soʻng xam XVI asr boshiga qadar uning avlodlari mamlakatga xukmronlpk qildilar Temuriylar davrida markaziy davlat ikkita - Movarounnaxr va Xurosonga ajralib idora etildi, Samarkand va Hirot bu ikki davlatning markazi boʻlib xizmat qildi.
Markaziy Osiyo madaniyati tarixida Temur va Temuriylar xukmronlik davri - XIV asrnnng ikkinchi yarmidan XVI asrnnng boshlarigacha boʻlgan davr soʻnggi, umumny tarixiy rivojlanishga juda katta taʼsir koʻrsatgai yorqin. sermazmun, samarali davr xisoblanadi. Bu davrda oʻzbsk tili adabiy til sifatida uzil-kesil shakllandi va Markaziy Osiyonpng soʻnggi madaniy rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi.
IX-XII asrlardagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab yashnashi, ilk Uygʻonish davrini tashkil etgan boʻlsa, XIV asr oxiri va XV asr moʻgʻullar mustamlakachiligidan qutulib, mustaqil davlatning shakllanishi va rivoji asosida madaniyatda yana koʻtarilish va keskin rivoj roʻy berdi, bu davrni soʻnggi Uygʻonish davri deb atash mumkin.
XIV-XV asrlarda fanning koʻp sohalari: tibbiyot, riyoziyot, handasa, geografiya, falakiyot, tarix, mantiq, adabiyot, falsafa, ahlokshunoslik va boshqalar taraqqiy etdi.
XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab falakiyot va riyoziyot fanlari rivoj topdi. Ulugʻbek asos solgan falakiyot maktabi bunga yorkin misol boʻlib, bu maktabdan juda koʻp iqtidorli olimlar yetishib chiqdi: Mansur Koshiy, Gʻiyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Miram Chalabiy, Abduali Birjandiy va boshkalar.
XV asrda oʻzbek tili va adabiyoti, sheʼriyati buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy timsolida oʻzining yukori choʻqkisiga koʻtarildi. Navoiy oʻzbek tilining fazilatlarini har tomonlama ochib, asoslab berdi.
Bundan koʻramizki, XIV-XV asr yuksalishini Markaziy Osiyo zaminida IX-XII asrda roʻy bergan va sunʼiy ravishda uzilib kolgan madaniy-maʼnaviy yuksalish - Uygʻonish davrining tiklanishi va oliy darajasi deb atash mumkin.
Uygʻonish davri madaniy-maʼnaviy hayotda insoniy kadriyatlarning yuksak xislatlari - ilmga intilish, bilimnn kuchaytirish, aqlni ulugʻlash, insoniylik, ruhiy poklanish, ahloqiy kamolotga erishish, adolat, ijtimoiy yuksalish, barcha uchun baxt-saodat, doʻstlik-birodarlik, komil jamoa va komil insonni yaratish kabi masalalar olgʻa surildi. Ular muhnm ilmpy tadqiqotlar, adabiyot, sanʼat, diniy asarlarning mazmunini tashknl etdn. Bu davrdagi olnm, mutafakkir, donishmand, sanʼatkorlarning koʻpchiligi shu maksad yoʻlida ijod kildilar. Bu davr madaniyatining yutuqlari xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishida katta zamin yaratdi. Davlatchilik borasida oʻzidan xam amaliy, xam nazariy meros koldirgan Soxibqiron Amir Temur xakida chuqurroq mulohaza qilsak.
Buyuk davlat arbobi Amir Temur, toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay (1336-1405), oʻz davrida bir-biriga qarama-qarshi sivilizatsiyalar-ning oʻzaro yaqinlashuvi va integratsiyalashuvining tashabbuskori, uzoqni koʻra biluvchi davlat arbobi sifatida ham Sharq, ham Gʻarbga tanildi. U turli din va boshqa toifalardagi kishilar oʻrtasidagi manfaatlarni uygʻunlashtiruvchi siyosiy arbob sifatida faoliyat yuritdi va jahon halqlari tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Amir Temur Osiyo va Yevropa halqlarining har sohada oʻzaro hamkorligi uchun qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratdi. Shu sababli, uning umumbashariy sivilizatsiya taraqqiyotidagi oʻrni beqiyosdir. Amir Temur davrida Markaziy Osiyoda Ikkinchi Uygʻonish yuz berdi fan, sanʼat hamda madaniyat gullab yashnadi va Yevropa Uygʻonishida katta rol oʻynadi. Amir Temur diplomatik munosabatlarda ham tashabbusni oʻz qoʻliga olib, halqaro aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga intildi. Amir Temur haqida yozilgan asarlarning son-sanogʻi yoʻq, ularning aniq roʻyxatini tuzish qiyin.
Halq orasida Amir Temur haqida bir rivoyat yuradi. Uning qoʻshinlari Arman zaminidan oʻtib ketayotganda bir cherkovga duch kelishibdi. Temur qoʻshinlari darvozalarni ochishni talab qilibdi. Ammo, cherkovdagilar bunga rozi boʻlishmasdan oʻrniga katta miqdorda oltin vaʼda qilishibdi. Oʻsha paytlarda urush qoidalariga binoan hayoti saqlab qolingan magʻlub tomon, gʻolib tomonga omonlik soligʻini toʻlashgan...
Cherkovdagilarning taklifi Amirga maʼqul kelmadi. Ancha oʻylanib turib kelgan elchilarga “mayli kimki omonlik istasa, oʻz ogʻirligiga teng kitob keltirsin!”, deb shart qoʻyibdi. Cherkov ahli bu talabni uzoq muhokama qilib, oʻlimga rozi ekanliklarini izhor qilibdilar. Bunday qarordan taʼsirlangan buyuk Temur “xalqning maʼnaviy merosini oʻz jonidan afzal koʻrgan el yashashga haqli”, degan farmon bergan ekan...Tafakkur qiling.
Fozil SULTONOV,
Respublika manaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimi