Telegram messenjerida oʻzini “rieltor” deb tanishtirgan shaxs Yunusobodlik Sh.J.ga ijaraga uy borligini aytadi. Uyni boshqa mijozga topshirib yubormaslik uchun oldindan 3.024.000 soʻm miqdordagi pullarni bank kartasiga oʻtkazib berishi lozimligini bildiradi.

Bunga ishongan Sh.J. aytilgan kartaga raqamlariga kelishilgan pulni oʻtkazib beradi. Soxta rieltor esa pullarni olgach, soʻng telegram akkauntini oʻchirib yuboradi.

Vaziyatni tushungan Sh.J. huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻraydi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Namangan viloyati Namangan tumanida yashovchi 2001-y.t., M.A. va uning tanishi Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 1994-y.t., X.A. sodir etgani aniqlandi.

M.A. va X.A.lar birgalikda bundan tashqari yana bir nechta fuqarolarni “ijaraga xonadonlar bor” deb aldab firibgarlik yoʻli bilan pullarini oʻzlashtirgani maʼlum boʻldi.

M.A. va X.A.lar nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.