Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, maslahatchilar hamda Yevropa Ittifoqi ASK dasturi xalqaro ekspertlari ishtirok etdilar. Norasmiy tarzda, do‘stona muhitda o‘tgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorini isloh qilishni strategik boshqarish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, taraqqiyotni monitoring qilish va hisobot berishning samarali tizimini yaratish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, yevropa Ittifoqi ASK dasturi xalqaro ekspertlari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorini isloh qilishning konsolidatsiyalashgan va ustuvor rejasini ishlab chiqish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2023-2024-yillar uchun rejalashtirish va ustuvorliklarni belgilash jarayonini joriy va istiqboldagi mavjud byudjet resurslari bilan bog‘lash mexanizmi va jarayonini yaratish ham davra suhbati ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
Tadbir davomida mavjud tizimning SWOT tahlili va taklif qilinayotgan muqobil variantlar o‘rganildi, Konsolidatsiyalangan amalga oshirish yo‘l xaritasi ko‘rib chiqildi, ustuvorliklar belgilandi hamda bu yo‘nalishdagi keyingi harakatlar kelishib olindi.