London shahrida “Fitch Ratings” agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Natijada “Fitch Ratings” reyting qoʻmitasi “Oʻzkimyosanoat” AJga xalqaro kredit reytingini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. “Oʻzkimyosanoat” AJ yurtimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi.
Qolaversa, Jamiyat va xalqaro agentlik oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi.
Maʼlumot uchun: “Fitch Ratings” — dunyodagi eng yirik xalqaro reyting agentliklaridan biri boʻlib, u jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit baholashlari, tadqiqotlari hamda maʼlumotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashtirilgan.









