Ozodbek Nazarbekov koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

    Ozodbek Nazarbekov SHHT Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

    Bu haqda Madaniyat vaziri oʻz sahifasida maʼlum qildi.

    "Muvaffaqiyatu muhokamalar, mukofotu tanqidlarga boy boʻlgan eski yilni mamnuniyat bilan kuzatib, yangi yilni yangi kuch, yangi gʻoyalar bilan boshlagandik.

    Ammo yil boshidan eʼtirof etilish kutilmagan boʻldi: Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandik.

    2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mazkur markaz butun dunyoda globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchayib borayotgan bir sharoitda xalq diplomatiyasi xalqaro munosabatlarning asosiy elementlariga aylanishiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

    Shuningdek, markazning jamoat tashkilotlari va birlashmalari faoliyati, qardosh xalqlar oʻrtasidagi aloqalar, ijtimoiy-siyosiy aksiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlarining hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tashabbuslari SHHTga aʼzo davlatlar va ularning xalqlarini yanada yaqinlashishiga, oʻzaro ishonch va yaqin qoʻshnichilik rishtalari mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

    Markazning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, kutilmagan eʼtirof va eʼtibor uchun tashakkur deymiz!", - deya yozgan vazir.