Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahrida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari O.Mirzayev hamda Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Madaniyat vaziri oʻrinbosari O. Mirzayev Qirgʻiziston Respublikasining Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri taklifiga binoan qozoq xalqining taniqli shoiri Abay Kunanbayevning 175-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan yubiley tadbirida ham ishtirok etdi, mazkur ikki tomonlama uchrashuv esa yubiley kechasiga tashrif doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, O.Mirzayev Oʻzbekiston madaniyati sohasida olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi, virtual koʻzoynaklarda spektakllarni va boshqa teatr tomoshalarini namoyish qilishning 3D texnologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Suhbat va fikr almashishdan soʻng, ikki mamlakat vazirliklari vakillari joriy yilda rejalashtirilgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlarni oʻtkazishda yaqin oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldilar.