Xususan, 2019-yilda “OʻzRTXB” AJ savdo hajmi dollar ekvivalentida 4 259,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi, bu esa 2018-yildagi aynan ushbu koʻrsatkichiga nisbatan 20,1 foizga koʻpdir.

Bunda yetakchilik Sankt-Peterburg Xalqaro tovar-xom ashyo birjasi (“SPbXTXB” AJ) ga tegishli boʻlib, ularda oʻtkazilgan savdolar, shu jumladan tovar fyucherslari boʻyicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi qariyb 15 250,0 mln AQSH dollar (Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 2020-yil 1-yanvardagi kursi boʻyicha) atrofida qayd etilgan.

“OʻzRTXB” AJ dan soʻng keyingi oʻrinlarda turgan Belarus universal tovar-xom ashyo birjasi (“BUTB” AJ) ning savdo hajmi – 2 180,75 mln AQSH dollar, “Kaspiy” tovar birjasi – 801,86 mln AQSH dollar va “Yevroosiyo savdo tizimi” tovar birjasi (Qozogʻiston) da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 597,0 mln AQSH dollarni tashkil qildi.

MDH BXU hisobotida, shuningdek, savdo platformalari kesimida tovar seksiyalarida tuzilgan bitimlar, narxlar indekslari dinamikasi toʻgʻrisida batafsil statistik maʼlumotlar chop etilgan. Mazkur hujjat bilan xalqaro tashkilotning veb-saytida https://mab-sng.org/publications/ tanishib olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Birjalari Xalqaro Uyushmasi (MDH BXU) 2000-yil aprel oyida Moskvada uyushgan moliya bozorlarini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi 2004-yildan buyon MDH BXU aʼzosi hisoblanadi.