Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4388-son qaroriga asosan savdoga chiqarilgan “Oʻztashqineftgaz” MCHJning ustav fondidagi 51 foiz davlat aksiyalari 1 422 285 960,0 soʻmga (102 000 dona aksiyalar) “TOPMETALPRO” MCHJga sotildi.
Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, NEGO- maydonchasida amalga oshirildi.