“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” yoʻlovchilarga murojaat bilan chiqdi

    Poyezdlar texnik koʻrikdan oʻtkazilishi munosabati bilan belgilangan manzilga kechikib yetib borishi mumkin.

    Temir yoʻl transportidan foydalanayotgan yoʻlovchilarni manzillariga xavfsiz yetkazish maqsadida yoʻlovchi poyezdlar harakat oldidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

    Yurtimizda kuzatilayotgan sovuq anomal ob-havo tufayli texnik tekshiruvlar choʻzilishi kuzatilmoqda.

    “Natijada yoʻlovchi poyezd oʻz vaqtidan kechikib harakatlanmoqda. Yoʻlovchilardan holatni toʻgʻri tushunishlarini soʻrab qolamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi murojaatda.