Uning taʼkidlashicha, gaz transport tizimi obyektlarini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joriy yilning mart oyida tizim korxonalari kesimida 2021-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar reja – grafiklari ishlab chiqilib, tizim korxonalariga yuborilgan. Unga koʻra, magistral gaz quvurlarning 1 132 km uchastkalarida 88,2 km nuqsonli qismlarini kapital taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, amalda 93,7 km (belgilangan rejaga nisbatan 106 foiz) kapital taʼmirlandi yoki oʻtgan yilga nisbatan 60,3 km ga ortiqcha bajarildi (oʻtgan yili shu davrda 33,4 km bajarilgan);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori hamda Energetika vazirligi hayʼat majlisining tegishli bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻztransgaz” AJning “Respublika gaz transport tizimi obyektlarini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-sentyabrdagi 160-son boʻyrugʻi ishlab chiqildi. Mazkur buyruqqa asosan tizim korxonalaridan joriy yil 1-oktyabrga qadar 2021/2022-yillar kuz-qish davriga tayyorgarlik “pasport”larini (barcha rejalashtirilgan tadbirlarni toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlagan holda) qabul qilib olindi.
Shuningdek, 2021/2022-yillar kuz-qish davrida tabiiy gaz resurslari va taqsimoti balansiga koʻra, respublika isteʼmolchilariga jami 28 993 mln kub metr yoki oʻtgan kuz-qish davriga nisbatan 3 027 mln kub metr ortiqcha hajmlarda tabiiy gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.