Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandiga koʻra, daryolardagi koʻpriklardan – oʻzan boʻylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 kmgacha boʻlgan masofada qum va toshlar qazib olish uchun karyerlar barpo etish taʼqiqlangan.

Mazkur talab bajarilmaganligi oqibatida, suv oʻzani sathining pasayishi sababli Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Andijon viloyatlarida barpo qilingan jami 26 ta koʻprikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan.