Shuningdek, vulqon tufayli Yangi-Britaniyaning g'arbiy hududlarini juda ko'p miqdorda kul qoplagani, yo'llar to'sib qo'yilgani, havo qatnovi to'xtatilgani xabar qilingan. Papua-Yangi Gvineya politsiyasi vulqon harakatga kelgani oqibatida qurbon bo'lganlar haqida hozircha ma'lumotga ega emas, ammo departament evakuatsiya qilingan odamlar “gumanitar yordamga juda muhtoj” ekanligini ta'kidlamoqda.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun mamlakat hukumati favqulodda xizmatlar ishini muvofiqlashtiruvchi va insonparvarlik yordamini tarqatuvchi tezkor baza ishini tashkil etdi, deb xabar beradi tass.ru.